PHP va Node.jsʼdagi muhim zaifliklar: zudlik bilan yangilash zarur
Hurmatli mijozlar!
PHP va Node.jsʼda tajovuzkorlarga autentifikatsiyasiz serverda masofadan turib kod bajarish imkonini berishi mumkin bo‘lgan muhim zaifliklar aniqlandi. Ishlab chiquvchilar allaqachon tuzatishlarni chiqardilar va zudlik bilan yangilashni tavsiya qilmoqdalar.
Tuzatishlar PHP 8.2.35, 8.3.36, 8.4.27 va 8.5.12 versiyalarida mavjud. Operatsion tizim paketlari uchun tuzatishlar mavjudligini yetkazib beruvchidan aniqlash kerak.
PHP 5.6 va 7.x versiyalarida ishlayotgan saytlarga alohida e’tibor qaratish lozim: ushbu tarmoqlar PHPʼning standart hayotiy sikli doirasida endi qo‘llab-quvvatlanmaydi. Zamonaviy versiyaga o‘tish CMS, modullar yoki sayt kodini yangilashni talab qilishi mumkin.
Versiyani almashtirishdan oldin zaxira nusxasini yaratish va moslikni tekshirish zarur.
Hurmat bilan,
Arsenal D jamoasi