Arsenal D dan Yangi Yil blitz-intervyusi (muallif: infoCOM.UZ)

Nashr qilindi: 31-12-2007 | bo`lim: Internet va tarmoq

Tarixiy ma`lumot
2004 yil East TelekomQK tuzilma bo`limi sifatida «ColorIT Design» nomi ostida Arsenal D tashkil etdi. ColorIT Design Internet tarmog`iga ulanish, web-saytlar yaratish va UZ hududida ikkinchi darajadagi domenlarni ro`yxatga olish to`liq spektr xizmatlarini ko`rsatdi.

2006 yil ColorIT Design qayta tashkil etilishi va qayta tuzilishi natijasida, kompaniya bazasida quyidagi bo`linmalar tashkil etildi:
• Arsenal D - Web-studiya va domelarni ro`yxat oladigan registrator
• ColorIT Design Inc. - to`la spektr reklama agentligi
• Max Line - simsiz aloqa operatori

2005-2006 yillar davomida «Arsenal D» kompaniyasi «UZINFOCOM» markazi bilan hamkorlikda «O`zbekiston Respublikasi axborot kommunikatsiya manbalarini rivojlantirish chora tadbirlari haqida» gi O`zRes PQ №-117, 08.07.05, hamda Milliy Axborot Qidiruv Tizimini (MAQT) Internet tizimida tashkil etish dasturini amalga oshirish bo`yicha ishlarni olib bordi.

Hamkorlikdagi loyihalarga Adliya Vazirligi, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Vazirligi, Qishloq Xo`jalik Vazirliklarining ilk portal loyihalari kiradi.

Arsenal D 2007 yil davomida East Telecom, EMMM telemuloqot operatorlari, Next Gen Service telemuloqot tarmoqlariga xizmat ko`rsatish tashkiloti, «Aloqainvest Qurilish» loyihalash va qurilish kompaniyasi, qadimiy yodgorliklarni qayta ta`mirlash «Ijod» kompaniyasi, Unisoft buxgalteriya va kadrlar hisobotini avtomatlashtirish kompaniyasi, Triple Play xizmatlari va videotelefoniya, «Sharqona Desktop» loyihalar uchun saytlar yaratdi.

Arsenal D milliy domenlari internet-festival 2007 davomida, boshqa UZ domenlarini ro`yxatga oluvchi registratorlar orasida, ilk marotaba aksiya o`tkazdi va barcha nominatsiyalar bo`yicha birinchi o`rinni olgan 16 g`olibni UZ. hududida ikkinchi darajali domen nomlarini bir yilga ro`yxatga olish huquqini beradigan Guvohnomalar bilan taqdirladi. Ushbu guvohnoma domen nomini bepul ro`yxatga olish, yoki bo`lmasa, mavjud domen nomini qayta ro`yxatdan o`tkazish huquqini berdi.

Internet festival 2007 doirasida aksiya muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so`ng, Arsenal D birinchilardan bo`lib UZINFOCOM DUT Markasi tomonidan e`lon qilingan «Sening isming.Uz» aksiyasini qo`llab quvvatladi. 1 noyabrdan 31 dekabr muddati davomida tashkil etilgan aksiyadan maqsad – O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lgan – jismoniy shaxslarga .UZ milliy domen nomlarini ro`yxatdan o`tkazish uchun imtiyozli takliflar tashkil qilish. Aksiya davomida ushbu aksiya ishtirokchilari bir domen nomini 9$ qiymatida sotib olish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Kelgusi yilda eng asosiy maqsadlarda biri domen nomlarini eng arzon narxlarda taqdim etuvchi registrator brendini o`zimizda saqlab qolishdir.

Arsenal D 2008 yilda taqdim etilayotgan telemuloqot xizmatlar nomenklaturasi sonini oshirish, bir qator yangi texnologiyalarni va yangi mahsulot dasturlarini o`zlashtirishdan iborat. Kelgusida kompaniya arzon narxlarda xosting xizmatini taqdim etishni maqsad qilib qo`ygan. Hozirgi kunda ushbu xizmatni taqdim etish bo`yicha texnik va moliyaviy chora-tadbirlari ko`rib chiqilmoqda.


Kompaniya doimiy mijozlarni Uz hududiga domen nomlarini ro`yxatga olish uchun jalb qilish maqsadiga yo`naltirilgan aksiyalarni tashkil etish va unda www.desktop.uz kabi
yangi, o`ziga jalb etadigan saytlarni joylashtirgan holda Uznet mashhurligini oshirishni rejalashtirmoqda.

Fursatdan foydalanib, Arsenal D jamoasi barcha mijozlarni, hamkorlarni, raqiblarni va yurtimiz ahlini kirib kelayotgan Yangi 2008 yil bilan qutlaydi va barchaga eng ezgu tilaklarni tilab qoladi.!