Reanimator
- Lyolik, bunda estetika yo`q-ku...
- Lekin, arzon, ishonchli va mustahkam!
Masalan, Buyurtmachi sharob ishqivozlari uchun bar ochishni istadi va unda shaharning eng noyob, ajoyib sharob turlari menyusi bor. Buyurtmachi o`z yordamchilariga sharob ichish uchun noan`anaviy idish buyurma qilishni so`raydi va ularning oldiga «tez, arzon, o`zgacha va foydali» bo`lishi kerak degan vazifani qo`ydi.
Ijro etuvchi – «Jiddiy tashkilot», o`z vaqtida bo`lmasa ham buyurtmalarni bajaradi va qadah shaklidagi kesilgan baklajkani taqdim etadi.
Taxminan bo`lib o`tgan dialog:
Buyurmachi: - ???
Ijro etuvchi: - Nima qilibdi? Arzonmidi? Arzon. G`ayrioddiymidi? G`ayrioddiy. Zudlik bilanmidi? Zudlik bilan. Umuman olganda, boshqalar bunchalik qisqa muddat ichida amalga oshirmagan bo`lar edi. Harqalay, yelimdan bo`lsa ham qadahga o`xshagan?! Qalay? Zo`r-а? Eng asosiysi, ichib olgan mijoz qadahni sindira olmaydi!!! Buyurtma tayyor, qabul qilib olavering, ertaga baringizni ochmoqchisiz-ku.
Buyurtmachi: - Hmm, texnik jihatdan, shunday bo`lib chiqayapti, siz haqsiz. Bularni barlarga tahlab chiqing.
Ijro etuvchi: - Ochilish marosimiga bizlarga ham taklifnoma berasizmi?
Mijoz indamay xonani tark etdi va o`z xonasiga qamalib olib … rosa ichdi.
p.s. Buyurtmachi bari bir o`z barini ochdi. Faqatgina«baklajkani reanimatsiya» qilgandan so`ng, ishlari yurishib ketdi. Qandilning mutlaq shaffofligi bilan yo`g`rilgan chiziqlar silliqligi va o`ziga xos zeboligi natijasida to`gri ishlab chiqilgan qadah, istalgan sharob ranglar uyg`unligini va darajasini to`liq ochib beradi. Bunday qadah nafaqat sharob ta`mini, balki shu bilan birga muattar sof is guladastasini xis etish, shuningdek taninning nozik va maromini alohida takidlab o`tish, ta`m, muattar is va ranglar ajoyib uyg`unligini kuchaytirish va o`zida saqlab qolish imkonini beradi.
Saytlarni reanimaciyalash misollari
Logoart |
Ma`naviyat |
Fotoalbom |