Yig`ilish

2008 yilning 27 noyabrida UZ hududidagi barcha domen registratorlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishni UZINFOCOM Markazi direktori Djalolatdin Rakhimov olib bordi. Yig`ilishda «Tomas», «Amaliy Aloqalar Biznesi» (ВСС), «Sarkor Telecom», «Billur Net», «Arsenal-D», «TV-Inform», «Simus» kompaniya vakillari va markaz hodimlari ishtirok etdilar.
Kun tartibi:
1. Yangi guvohnomalarni taqdim etish.
2. Registratorlar xizmat ko`rsatish shartnomasining yangi variantlarini ishlab chiqish.
3. Umumiy masalalar:
- domen nomlari bo`yicha yangi qaror bilan ishlash masalalarini muhokama qilish;
- API ni amalga oshirish masalalari;
- registratorlar saytining holati;
- muzokarali masalalarni hal etish.

Yig`ilish boshida registratorlarga UZ zonasida domen nomlarini ro`yxatga olish huquqini beradigan guvohnomalar berildi.

Yig`ilish yuzasidan fotoreportajni fotoalbom bo`limida ko`rishingiz mumkin.