Yig`ilish

  • 2007 yilning 26 dekabrida UZ hududidagi barcha domen registratorlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishni UZINFOCOM Markazi direktori Djalolatdin Rakhimov olib bordi. Yig`ilishda «Tomas», «Amaliy Aloqalar Biznesi» (ВСС), «Sarkor Telecom», «Global Study», «Arsenal-D», «TV-Inform» registratorlari va markaz hodimlari ishtirok etdilar.Kun tartibida viloyatlarda domen ro`yxati bo`yicha xizmatlar taqdim etish, saytlarda qonunchilikning buzilishi masalalari bo`yicha monitoring Markazi bilan hamkorlik, domen-grebbing va domen-skvottingga qarshi harakatlar bo`yicha, UZ hududida generic domenlarida whois xizmatlarini ko`rsatish masalalar ko`rib chiqildi.
  •  Yig`ilishda Djalolatdin Rakhimov «UZ hududida domenlarni ro`yxatdan o`tkazish va ulardan foydalanish tartib qoidalari haqidagi qaror»ni ko`rib chiqish uchun tadqim etdi va registratorlarning domen nomlarining keng yoyilishi va milliy domenlarning keng tarqalishidagi qilgan ishlarni alohida takidlab o`tdi va ishtirokchilarni bunda yanada faol ishtirok etishlarini tilab qoldi.
  •  Bundan tashqari domenlarni nazorat qilish bo`yicha Administrator va Registratorlari o`rtasida avtomatik yoki yarim avtomatik ravishda domenlarni bron qilish, ro`yxatdan o`tkazish o`zaro tarmoq texnologiya dasturi ta`minoti bo`yicha qonun qoidalarni ishlab chiqish qoidalari ishlab chiqish masalari ko`rib chiqildi.
  •  Yig`ilish so`ngida registratorlarga UZ hudidida domen nomlarini ro`yxatga olish huquqini tasdiqlaydigan yangi dalolatnomalar va xotira uchun sovg`alar topshirildi.