Yoshlar ijodi saroyida o`zbek rassomi Vasiliy Hapovning shaxsiy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi

Yoshlar ijodi saroyida 20 yanvardan 5 fevralgacha Vasiliy Hapovning “Minotavr qo`shig`i” shaxsiy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. V. Hapov ko`rgazma ochilish marosimida “Bugun namoyon qilingan asarlar, oxirgi yillarda yaratilgan. O`z yo`nalishimni hech qanday nomlamayman. Modernni ma’qul ko`raman, hamda o`rta asrlar tasviriy san’atini va Uyg`onish davri rassomchiligini juda yoqtiraman. Asosan, mifologik chiziqlar, tana chiroyidan zavqlanish, grafik asarlar va fantastik obrazlar. Yaxshi ko`rgan rasmlar – eng oxirgilari, chunki ular shaxsiy his-tuyg`ular bilan bog`liq va ularga nisbatan hayajon bilan qarayman, vaqti o`tgan sari bu tuyg`ular ham o`tadi. Men uchun, rasmlar bir birini to`ldirib turishi juda muhim. Kelajakka rejalar – rasmlarni chizishni davom ettirish”, - deb ta’kidlab o`tdi.